Saudiya Arabistonida qoʻlga olingan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

16:58 21 Avgust 2025 Jamiyat
170 0

Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Saudiya Arabistonidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlaridan birida boʻlgan hamyurtimiz Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha. Fuqaro N.H. joriy yilning 25-iyun kuni Bahrayndan turistik viza asosida Ar-Riyoz shahriga kelgan va 8-iyul kuni “Al-Masif” departamenti tomonidan qoʻlga olingan.

Shundan soʻng, olib borilgan muzokaralar natijasida yurtdoshimizni Oʻzbekistonga qaytarish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan. Shuningdek, vatandoshimizning xorijga chiqish pasporti yoʻqolganligi sababli unga elchixona tomonidan Oʻzbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib berilgan.

Bundan tashqari, fuqaro N.H.ning Oʻzbekistonga qaytishi uchun barcha aviachipta xarajatlari Saudiya Arabistoni tomonidan qoplangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер