Saudiya Arabistoni Yamandagi portga hujum qildi
Foto: РИА Новости
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamandagi portdagi yuklarga havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi.
“Biz Hadramaut viloyatidagi Mukalla portiga cheklangan havo hujumini amalga oshirdik. Zarba Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan ikkita kemadan tushirilgan qurol va harbiy texnika yukiga berildi”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Janubiy oʻtish kengashi tomonidan mamlakatning sharqiy viloyatlari egallab olinishi munosabati bilan oʻtkazilayotgan operatsiya tufayli barcha tinch aholi Mukallani tark etishga chaqirilgan edi.
Shu yilning dekabr oyida Yamandagi vaziyat Janubiy Yaman mustaqilligini tiklashga intilayotgan Janubiy oʻtish kengashining keng koʻlamli hujumi tufayli keskinlashdi. Oy oxiriga kelib, mamlakat toʻliq qulash va fuqarolar urushining yangi bosqichi yoqasida edi.
Shu yilning 26-dekabr kuni Saudiya Arabistoni samolyotlari Nahb vodiysidagi (Hadramaut) Janubiy oʻtish kengashi pozitsiyalariga ogohlantiruvchi zarbalar berdi.
Ar-Riyod rasman ulardan Hadramaut va Al-Mahradan zudlik bilan chiqib ketishni va bazalarini hukumat kuchlariga topshirishni talab qildi. Koalitsiya har qanday harakatlar kuch bilan bostirilishi haqida ogohlantirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring