Saudiya Arabistoni 5-yil ichida uch bor U17 Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi
Jidda shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) Musobaqalar qoʻmitasining toʻrtinchi yigʻilishida muhim qaror qabul qilindi. Unga koʻra, Saudiya Arabistoni keyingi uchta U17 Osiyo Kubogining rasmiy mezboni sifatida tasdiqlandi.
Qarorda Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) mezbonlik talablariga javob bergani qayd etildi. Shunga qaramasdan, 2026–2028-yillardagi U17 ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi CFAʻga topshirilgani sababli, tenglik va xilma-xillikni taʼminlash maqsadida erkaklar oʻrtasidagi musobaqa SAFFʻga berildi.
Barcha qarorlar rasmiy kuchga kirishi uchun AFC Ijroiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Musobaqalar nizomlari va yangilangan taqvimlar tez orada the-AFC.com saytida eʼlon qilinadi.
Qayd etish kerakki, Oʻzbekiston U17 terma jamoasi soʻnggi Osiyo kubogida zafar quchgan edi. Ular finalda aynan Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida taslim etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring