Sarmoya samarasi
Respublikamizda tadbirkorlik faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, ayniqsa xorijiy hamkorlar bilan ishlash uchun qulay muhitning mavjudligi xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim omil boʻlmoqda. Andijon tumanida faoliyat yuritayotgan "KANS PRINT” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasi bunga misoldir. Bu korxona 2025-yilda 8 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobiga ishga tushirilgan boʻlib, Amerika, Germaniya va Xitoyda ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan.
-Korxonamizning ishga tushirilishi aholi bandligini oshirish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda ijobiy natija bermoqda,-deydi ish boshqaruvchi Ulugʻbek Sattorov. -Mazkur korxonada bir yilda yengil va avtomobil sanoati uchun 66 million dona yorliqlar, qadoq va qutilar ishlab chiqarilmoqda. Bu mahsulotlar ichki bozorda katta talabga ega boʻlib, mahalliy ish bilan taʼminlash darajasini yanada mustahkamlaydi. Korxona faoliyati natijasida 50 ta yangi ish oʻrni yaratildi va bu imkoniyatlar kelgusida ham kengayishi rejalashtirilmoqda.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali tashqi savdo salohiyatini oshirish, ichki bozor ehtiyojini qondirish va tadbirkorlik muhitini mustahkamlash muhim vazifaga aylanmoqda. Andijon tumanidagi ushbu korxona nafaqat ichki bozor ehtiyojini qondirib, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga hissa qoʻshmoqda, balki ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring