Sardobada supurgi eksport qilinmoqda
Sardoba tumanidagi bir necha mahallada supurgi yetishtirish hamda undan xonadonlarda tayyor mahsulot ishlab chiqarish mazkur hududlar aholisining drayver faoliyat turiga aylangan boʻlib, bu ish bilan ayni vaqtda 6 ming kishi shugʻullanyapti.
Maʼlum qilinishicha, bu yil tuman boʻyicha 830 gektar maydonda ana shu oʻsimlik oʻstirildi.

— Mahalladoshlarimiz supurgini oʻzlari oʻstirib, oʻzlari tayyor mahsulotga aylantiryapti, — deydi “Ravot” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Gʻulomjon Oʻsarov. — Bu esa aholining doimiy foydali mehnat bilan bandligini taʼminlashi barobarida daromadning moʻmay boʻlishini ham taʼminlayotir. Shuni mamnuniyat bilan aytamanki, tumanimizda tayyorlanayotgan supurgilarning bozori tobora kengayib bormoqda. Endilikda ushbu ozodalik vositasi Tojikiston va Qozogʻistonga ham eksport qilinmoqda.
Supurgining naviga ham alohida eʼtibor qaratilib, mana bir necha yildirki, tumanda asosan uning ertapishar va noyob qizil supurgi turlari oʻstirilayotir.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring