Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilishiga masʼul boʻlgan shaxslarga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi
Foto: president.uz
Oliy sud axborot xizmati maʼlum qilishicha, 2022-yil 12-sentyabr kuni Toshkent shahar sudida 29 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 28,167, 209, 28,209, 243 va 258 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra sudlanuvchilarning
— 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi,
— 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,
— 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari,
— 1 nafariga 3 yil tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari
— 2 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,
— 23 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 400 dan 550 gacha baravari miqdorida jarima jazolari tayinlandi.
Ushbu hukm ustidan apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran yigirma sutka ichida, mahkumlar va fuqaroviy daʼvogarlar esa hukmning koʻchirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi orqali Oliy sudga berilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring