Sanoat salohiyatini oshiradigan loyiha
Buloqboshi tumanida “Joʻydam Taʼmir Invest” Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasi tomonidan qiymati 350 million AQSH dollari boʻlgan yirik sanoat va qurilish loyihasi amalga oshirila boshlandi.
Loyiha doirasida polipropilen qoplar, shifer, gazablok, tayyor beton hamda yoʻlak plitkalari ishlab chiqarish korxonalari barpo etilishi, shuningdek, logistika markazi va “Buloqboshi city” turarjoy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.

— Mazkur loyiha nafaqat iqtisodiy samara berishi, balki yangi ish oʻrinlari yaratilishiga ham zamin yaratadi, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Ibrohimjon Yuldashev. — Shu orqali mahalliy aholining bandligini taʼminlash va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish imkoniyati kengayadi.

Taʼkidlanishicha, korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar nafaqat ichki bozor ehtiyojini qondirish, balki eksportga yoʻnaltirish imkonini ham beradi. Bu esa tumanda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring