Sanepidqoʻmitaning qashqadaryolik yosh xodimlari taqdirlandi
Qarshi shahrida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Sanepidqoʻmita) raisi Bahodir Yusupaliyev hamda sohada faoliyat yuritayotgan qashqadaryolik yosh mutaxassislar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo'lib oʻtdi.
Samimiy muloqot tarzida kechgan uchrashuvda yoshlarning muammolari, takliflari tinglandi. Har bir yosh izlanishi, intilishi zarurligi, bilimli, faol va tashabbuskor yoshlar tizimli qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi.

- Endi yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga koʻtaramiz, — deydi qoʻmita rahbari. — Xorijiy tillarni bilgan va sohada tashabbuskorlik qilayotgan yoshlar xorijga malaka oshirish va tajriba almashishga yuboriladi. Har bir tumandan til oʻrganishga ishtiyoqi bor yoshlarning 2 nafariga xorijiy til kurslariga 6 oylik toʻlovlar toʻlab beriladi. Agar bu tajriba oʻzini oqlasa, Respublikamizni boshqa hududlarida ham joriy qilinadi.

Tadbir soʻngida Sanepidqoʻmitaning viloyat boshqarmasi hamda tumanlardagi quyi tizimlarida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor, yosh xodimlardan 17 nafariga 5 millionlik vaucherlar sertifikati tantanali topshirildi.
Shu kuni Sanepidqoʻmita rahbariyati hamda viloyatdagi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot ham boʻlib oʻtdi
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Kotrina Kulbite — Litvaning “Eng yaxshi ayol murabbiyi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring