Sanepidqoʻm yangi xavfli virus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyda HKU5-CoV-2 nomli yangi virus aniqlangani, u COVID-19 dan ham xavfliroq boʻlib, yangi pandemiyaga sabab boʻlishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi mazkur tashvishli xabarlarni rad etdi.
Sanepidqoʻm ushbu xabarlar Xitoy “sariq matbuot”ida chop etilgani, lekin kasallik toʻgʻrisida Xitoy hamda JSST rasman eʼlon qilinmaganini maʼlum qildi.
“Shuni alohida taʼkidlaymizki, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror”, deyiladi xabarda.
Qoʻmita shuningdek, ijtimoiy tarmoq faollarini tasdiqlanmagan, yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangani haqida ogohlantirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring