Samarqandning chekka tumanlarida yangi obyektlar ish boshladi
Qoʻshrabot tumanining “Navkat” mahallasida “Farovonlik markazi” foydalanishga topshirildi. 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan mahallada zamonaviy maskan Adliya vazirligi tomonidan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida barpo etildi.

Markazda 3 ta asosiy yoʻnalish — taʼlim, tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Endilikda xorijiy tillarni oʻrganish uchun yoʻlkira sarflab, tuman markaziga borish va ortiqcha pul toʻlash haqida oʻylash shart emas. Chunki mazkur markazda chet tili kurslari mutlaqo bepul oʻqitiladi. Bundan tashqari, IT kurslari, tikuvchilik, milliy qoʻgʻirchoq yasash, santexnika kurslari ham mavjud.
Qoʻshrabotda uzum va boshqa mevalarni quritish, qayta ishlash eng serdaromad faoliyat turlaridan biri boʻlgani bois markazda uzum va mevani qayta ishlash hamda qadoqlash yoʻlga qoʻyilib, eksportga chiqariladi. Shu bois markaz faoliyat turlari boʻyicha zarur texnika va jihozlar, kompyuter va oʻquv qurollari bilan taʼminlandi. Har bir yoʻnalishda malakali mutaxassislar jalb qilingan.

“Farovonlik markazi” qishloqda zamonaviy bilim va kasblarga oʻrgatish, aholini ish bilan taʼminlash va turmush farovonligini oshirishda muhim qadam boʻldi.
Yurtimiz mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi tarkibida zamonaviy sharoitlarga ega reabilitatsiya markazi foydalanishga topshirildi.

Markazning ochilish marosimida ishtirok etganlar ushbu yangi tibbiyot maskani aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatishda muhim oʻrin tutishi, bemorlarning sogʻligini tiklash va ularni ijtimoiy hayotga qaytarishda katta ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi.
Keng jamoatchilik vakillari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi, zamonaviy tibbiy uskunalar, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring