Samarqandlik bir guruh tadbirkorlarga mukofotlar topshirildi
Samarqand viloyati hokimligida Tadbirkorlar kuni arafasida davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan samarqandlik bir guruh faol ishbilarmonlarga ushbu mukofotlarni topshirish marosimi oʻtkazildi.
Tadbir avvalida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritib, imkoniyatdan samarali foydalanayotgan ishbilarmonlar hamisha qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi.
Marosimda mukofotlar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.
— Bu eʼtirofni viloyatimizda tadbirkorlik muhitiga berilgan baho deb bilaman, — deydi Samarqand tumanidagi “Asia Carpet Textile” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Feruz Gʻaniyev. — Tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar sohada katta oʻzgarishlarga imkoniyat yaratdi. Biz faoliyatimizni yanada kengaytirib, ichki va tashqi bozorga sifatli mahsulotlar chiqaramiz.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring