Samarqanddagi bogʻchada oshpaz va mudira goʻsht oʻgʻirlayotganda ushlandi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 28-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti bosh oshpazi va xoʻjalik mudirasi goʻsht oʻgʻirlayotganda ushlandi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi munosabat bildirdi.
Xabarga koʻra, bogʻcha bosh oshpazi pishirilgan 4,7 kilogramm goʻshtni olib, kirxonaga berkitgan. Soʻngra derazadan goʻshtni xoʻjalik mudirasiga bergan. Mudira goʻshtni bogʻchadan olib chiqayotgan vaqtda tarbiyachilar uni toʻxtatib qolgan.
Ushbu holat yuzasidan oshpaz va xoʻjalik mudirasi suhbatga tortilganda bu ish bogʻcha direktori topshirigʻi bilan qilingani aytilgan. Shuningdek, ular aytgan gaplar haqiqat ekani hamda audio-videolardagi yozuvlar toʻgʻri ekani yozma bayonotda ham tasdiqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, voqeadan soʻng bosh oshpaz va xoʻjalik mudirasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Mazkur holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan qonun doirasida tegishli choralar koʻrilishi maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring