Samarqandda SSSR pasporti bilan yurgan fuqaroga ID karta berildi
Foto: Adliya vazirligi
Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida shu vaqtga qadar SSSR pasporti bilan yurgan ayolga ID karta berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1972-yil 21-dekabrda Nurota tumanida tugʻilgan fuqaro Kubayeva Onarxol Xoldorovna Qoʻshrabot tumani “Quvkalla” mahallasida istiqomat qilib, 1992-yilda Payariq tumani “Nakurt” mahallasiga kelin boʻlib tushgan.
Fuqaro uzoq vaqt davomida eʼtiborsizligi hamda oilaviy shart-sharoitlarining yetarli darajada boʻlmagani sababli sobiq ittifoq — SSSR pasporti bilan yashab kelgan. U mazkur masala boʻyicha avval MFY xodimlari, ichki ishlar yoki FHDY organlariga murojaat qilmagani sababli sobiq ittifoq pasporti Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga almashtirilmagan.
Ushbu holat yuzasidan Qoʻshrabot va Payariq tuman adliya boʻlimlari va Payariq tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan oʻzaro hamkorlikda zarur choralar koʻrilib, kecha, 14-mart kuni fuqaro Onarxol Kubayevaga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi rasmiylashtirib berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring