Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
Illyustrativ foto
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 21-oktyabr kuni Ishtixon tumanida sodir bo‘lgan.
“Cobalt” mashinasi tumanning Azamat MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lini belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Hodisa sodir bo‘lgan mahallada YHXB mutasaddilari va aholi ishtirokida YTHlarning oldini olish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring