Samarqandda shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari koʻlami kengaymoqda

12:36 02 May 2025 Jamiyat
189 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali mamlakatimizda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yetakchi muassasalardan biri sanaladi. 330 oʻringa moʻljallangan ushbu markaz viloyatdagi 590 oʻrinli politravma markazlari va shahar-tuman tibbiyot birlashmalari tizimi bilan hamkorlikda aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Soʻnggi yillarda markazda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, zamonaviy angiografiya uskunalari yordamida qon tomirlar bilan bogʻliq oʻtkir holatlarni tez va aniq tashxislash, minimal invaziv muolajalarni amalga oshirish imkoni yaratilgan. Bu jarayonda tajribali radiologlar, kardiologlar, nevrologlar va qon tomir jarrohlari faoliyat yuritmoqda.

— Filialda 348 nafar vrachlar, 573 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari aholiga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishmoqda. 2024-yilda filialga 121 ming 628 nafar aholi murojaat qilgan boʻlib, 31 ming 227 nafariga sifatli va malakali shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatildi, — deydi Markaz direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari Tolib Oʻsarov. — Shuningdek, filial tomonidan 2024-yilda travmatik va kardiologik patologiya sohasi boʻyicha murojaat qilgan 6065 nafar, nevrologik patologiya yoʻnalishi boʻyicha 2420 nafar, pediatriya yoʻnalishida 6250 nafar, toksikologiya sohasida 2381 nafar, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilib, salomatligi tiklangan. Filial tomonidan oʻtgan yili jami — 116 ming 577 ta diagnostik tekshiruvlar oʻtkazilib, 1367 nafar bemor yuqori texnologik davolash usullari orqali davolandi.

Filial tomonidan oʻtgan yili 116 ming 577 ta diagnostika tekshiruvi oʻtkazilib, 1367 nafar bemor yuqori texnologik jarrohlik usullari bilan davolandi.

Shuningdek, filial qoshidagi sanaviatsiya xizmati 4167 ta chaqiruvga tezkor javob berib, fuqarolarning hayotini saqlab qolishga xizmat qildi.

2025-yilda markazda 10 turdagi yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish, Yaponiya granti asosida mobil diagnostika uskunalari (MSKT, rentgen, UTT) uchun maxsus avtotransport xarid qilish, buyrak transplantatsiyasi va ochiq usulda yurak jarrohligi amaliyotlarini kengaytirish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер