Samarqandda “Rossiya madaniyati kunlari”ning yopilish marosimi boʻldi

14:38 31 May 2025 Jamiyat
150 0

Abdulaziz Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekistonda “Rossiya madaniyati kunlari” tadbiri tashkil etildi. Ikki davlat oʻrtasida oʻrnatilgan madaniy-gumanitar hamkorlik va doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan ushbu tadbirning ochilish marosimi poytaxtdagi “Oʻzbekiston” forumlar saroyida oʻtkazilgandi.

“Rossiya madaniyati kunlari” doirasida turli xil tadbirlar, konsert dasturlari, shuningdek, kinofestival tashkil etildi.

Samarqanddagi “Boqiy shahar” sayyohlik majmuasi hududida mazkur tadbirning yopilish marosimi boʻldi.

— Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Rossiya madaniyati kunlari” doirasidagi tadbirlar kutganimizdan-da aʼlo boʻldi, — deydi Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist va “Ovoz” shousining ikkinchi mavsumi gʻolibi Sergey Volchkov. — Mamlakat poytaxti Toshkentda boʻldik. Bugun esa koʻhna Samarqanddamiz. Bunday maftunkor, qadimiy va navqiron kentning musaffo havosidan nafas olib, ilhomlandik. Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Sergey Jilin rahbarligidagi fonograf-simfo-jaz orkestri bilan birga, yetakchi rus estradasi ijrochilarining musiqiy dasturi namoyish etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер