Samarqandda qishloq xoʻjaligi xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, agrar soha taraqqiyotiga munosib ulush qoʻshib kelayotgan fidoyi hamyurtlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida samarqandlik soha vakillari ham bor.
Samarqand viloyati hokimligida mukofotlarni tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Adiz Boboyev qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy agrotexnik usullarni joriy etish, yuqori hosildorlikka erishish, aholi farovonligini oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish yoʻlidagi ishlar haqida toʻxtalib, yuksak natijalarga erishib kelayotgan soha fidoyilarini samimiy tabrikladi.

Marosimda Prezident farmoniga muvofiq “Mehnat shuhrati” va “Doʻstlik” ordenlari, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.
— Tomorqamizda farzandlarim bilan mehnat qilib, yil davomida uch marta hosil olamiz. Xalqimiz dasturxoni toʻkinligiga hissa qoʻshayotganimizning oʻzi katta baxt, — deydi “Shuhrat” medali sohibi, Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi tomorqa yer egasi Mehroj Qodirov. — Prezidentimizning Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan biz kabi oddiy tomorqachilar mehnatini ham yuksak eʼtirof etgani qalbimizni yangi kuch va ruh bilan toʻldirdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring