Samarqandda psixotrop moddalar savdosining oldi olindi

19:05 12 Fevral 2026 Jamiyat
103 0

Samarqand viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar J.Z. va J.X. xorijda ishlab chiqarilgan inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 48 quti “NEBIDO” hamda “XTANDI” nomli dori vositalarini fuqaroga 98 mln soʻm va 5 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер