Samarqandda mast erkak maktab oʻqituvchisini kaltakladi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 112-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisini mast holatda boʻlgan fuqaro kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 27-oktyabr kuni sodir boʻlgan. Shu zahotiyoq maktab rahbariyati tomonidan holat boʻyicha tuman Ichki ishlar boʻlimiga xabar berilgan va oʻqituvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi oʻqituvchining ahvolidan xabar olish maqsadida tibbiyot birlashmasiga borgan. “Ayni paytda xodimning umumiy ahvoli yaxshi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, ushbu holat Samarqand viloyati MMTB tomonidan nazoratga olingan.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring