Samarqandda maktab yaqinida 3-sinf oʻquvchisini avtobus urib yubordi

15:09 14 Noyabr 2024 Jamiyat
232 0

Foto: Samarqand viloyati YHB

Samarqand shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchisining oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, holat 14-noyabr kuni soat taxminan 08:00 atrofida Amir Temur koʻchasida sodir boʻlgan. Haydovchi F.S. “Isuzujamoat transportini boshqarib ketayotib, 12-maktab yaqinida yoʻlning oʻng tomonidan chap tomoniga oʻtayotgan 3-sinf oʻquvchisini urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va Jinoyat protsessual kodeksining 211-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер