Samarqandda maxsus tadbirlar davomida 47 nafar jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi

18:11 06 Dekabr 2023 Jamiyat
1621 0

Samarqand viloyatida ham “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga aʼzo boʻlgan, ijtimoiy muhitga salbiy taʼsirini oʻtkazishga uringan bir necha shaxslar qoʻlga olinmoqda.

Xususan, Maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralar tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida, Samarqand viloyatida 47 nafar jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olinib, ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, 25 nafari maʼmuriy tartibda qamoqqa olindi.

Reyd tadbirlari davomida, ushbu shaxslardan giyohvandlik va psixotrop vositalar, sovuq qurollar (kastet, bita va b.) prosessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?