Samarqandda “Lacetti” piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan fuqarolarni urib ketdi

11:14 25 Aprel 2025 Jamiyat
147 0

Videodan kadr

Samarqandda “Lacetti” katta tezlikda kelib, piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan fuqarolar, shu jumladan, yosh bolalarini urib yubordi. Viloyat IIB matbuot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 11-aprel kuni soat 20:00 larda Samarqand shahri “Nurli yoʻl” mahallasi hududidan oʻtuvchi Rudakiy koʻchasida sodir boʻlgan. 1997-yilda tugʻilgan shaxs boshqaruvida boʻlgan Lacetti piyodalar oʻtish yoʻlagidan yoʻlni kesib oʻtayotgan fuqarolarni urib yuborgan.

Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yetkazilib, tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Kun.uzʼning maʼlum qilishicha, haydovchi piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan 8 kishini urib yuborib, yana bitta mashinaga zarar yetkazgan. Hodisa oqibatida bir nafar ayol vafot etgan, boshqa fuqarolar ogʻir tan jarohatlari olgan.

“Vafot etgan ayolning 3 nafar farzandi onasiz qolgan”, deb yozadi manba.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер