Samarqandda kredit qarzdorligini toʻlamagan fuqaro oʻzini baland binodan tashlamoqchi boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Oqdaryo tumanida bir fuqaroning davlat kredit bermayotganligi uchun oʻzini yuqori qavat binodan tashlamoqchi boʻlganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Video boʻyicha Samarqand viloyati Oqdaryo tuman hokimligi maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat 2021-yilning 28-iyun kuni Oqdaryo tumanida sodir boʻlgan.
Aniqlanishicha, Oqdaryo tumani “Toʻron” MFY Arpa qishlogʻida yashovchi fuqaro E.F. 2020-yil aprel oyida hunarmandchilikka yogʻoch mahsulotlari sotib olish uchun «Mikrokreditbank»ning Loyish filialidan 30 million soʻm kredit olgan.
Fuqaroning oylik kredit qarzini toʻlash summasi 2 million 895 ming soʻm boʻlib, 2021-yil may—iyun oylari uchun toʻlovni amalga oshirmagan.
Sud qaroriga asosan, majburiy ijro boʻlimi xodimlari qarzni undirish maqsadida fuqaroning uyiga borgan. Bundan norozi boʻlgan E.F. tumandagi «Mikrokreditbank» ATB Oqdaryo filiali oldidagi binoning yuqori qavatiga chiqib, oʻzini tashlamoqchi boʻlgan.
Jamoat tartibini saqlash maqsadida hodisa joyiga IIB xodimlari yetib borib, fuqaro bilan tushuntirish ishlarini olib borganidan soʻng E.F. fikridan qaytgan.
Shuningdek, fuqaro uning turmush oʻrtogʻi M.N.ning ham «Mikrokreditbank»dan toʻlanmagan 2 oylik, jami 2 million 50 ming soʻm qarzdorligi mavjudligi aniqlangan. Fuqaro F.E.ga nisbatan bank tomonidan qonun buzilish holatlari sodir etilmagan.
“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ijtimoiy tarmoqlarda «davlat kredit bermaganligi uchun fuqaro oʻzini binodan tashlamoqchi boʻldi”, deb notoʻgʻri talqin qilinganligini maʼlum qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring