Samarqandda ikki kishi 10 metr chuqurlikdagi changalzorga tushib ketdi (+video)
Samarqandda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari 10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan 2 nafar fuqaroning hayotini saqlab qoldi. Bu haqida FVV axborot xizmati maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 4-may, yakshanba kuni Samarqand shahar “Ipak yoʻli” MFY hududida 10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga 2 nafar fuqaro tushib ketgan. Mazkur holat yuzasidan amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “112” tizimi orqali murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan, aytilgan manzilga zudlik bilan boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelishgan hamda ularning tezkor harakatlari natijasida jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan fuqarolar sogʻ-salomat qutqarib olingan.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu fuqarolar yoshi ulugʻ insonlar boʻlib, dastlab 1 nafari jarlikka tushib ketgan, soʻng sherigini qutqarish maqsadida ikkinchi fuqaro ham tushib, jarlik ichidagi changalzordan qaytib chiqa olmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring