Samarqandda ham xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi
Har yili 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda turli sohalarning ilgʻor xotin-qizlariga alohida ehtirom koʻrsatilib, eʼzozlanadi.
Joriy yilda Samarqand viloyatidan ham bir qator faol ayollar davlat mukofotlariga sazovor boʻldi. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati hokimligida fidoyi xotin-qizlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻzining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalq farovonligini oshirish yoʻlida tashabbus koʻrsatib kelayotgan xotin-qizlar eʼtirof etildi.

Tadbirda xotin-qizlarga yuksak ehtirom koʻrsatilib, ularning kelgusidagi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni yana bir bor eʼtirof etildi.
Qayd, etilganidek, bugungi kunda viloyatda 4400 nafardan ortiq ayollar rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. Xalq deputatlari viloyati Kengashi deputatlarining 22 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. 20 nafarga yaqin opa-singillarimiz “Rahbar ayollar maktabi”da malaka oshirib, turli sohalarda samarali mehnat qilmoqda. Viloyatda xotin-qizlar faolligini oshirish, ayollar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan dastur asosida oʻtgan yili 145 ming nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi, 32 ming nafari mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga va tadbirkorlikka oʻqitildi. 34 ming nafarga yaqin xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan 934 milliard soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Bu yil ham bu raqamlar yana ham yuqori boʻlishi, samarqandlik har bir xotin-qiz davlatimizning eʼtibor va gʻamxoʻrligini his qilishi uchun zarur choralar koʻrilmoqda.

Shuningdek, viloyatda 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ayollar, oʻz hayotiy tajribasi asosida yoshlar tarbiyasiga, oilalar mustahkamligiga munosib hissa qoʻshayotgan nuroniy onaxonlar, iqtidorli qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy qutlab, oʻzining eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Soʻzga chiqqanlar mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning roli katta ekanligini, ular har jabhada munosib oʻrin egallab, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshib kelayotganligini eʼtirof etishdi.

Bayram munosabati bilan fidoyiligi, tashabbuskorligi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlib kelayotgan opa-singillarimiz, munis onaxonlarimizdan 19 nafari “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, bir guruh xotin-qizlarga viloyat hokimining faxriy yorliqlari topshirildi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring