Samarqandda uglerod gazini talon-taroj qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Samarqandda uglerod gazini talon-taroj qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand viloyati prokuraturasi Pastdarg‘om tumanida aholiga arzonlashtirilgan narxda ajratilgan suyultirilgan gazni o‘g‘irlagan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berdi. Jinoyatchilar “Samarqand Gas Tuldirish Stantsi” yoqilgʻi quyish shoxobchasidan gazni tashish uchun “Nurobod gaz servis” korxonalaridan biriga tegishli yuk mashinasidan foydalangan. Ma`lum qilinishicha, ushbu avtomobilning yuk ko'tarish quvvati 20 tonnani tashkil qiladi.
Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 6 nafar fuqaro qo‘lga olingan, qo‘lga olinganlar soni ortishi kutilmoqda, chunki jinoiy guruhga qator mansabdor shaxslar va huquq-tartibot idoralari xodimlari rahbarlik qilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur ish Samarqand viloyati prokurorining shaxsiy nazoratiga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring