Samarqandda bolalar oʻgʻirlab ketilgani aks etgan video tarqaldi

11:38 20 Iyun 2025 Jamiyat
339 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida nomaʼlum shaxslar uch nafar bolani oʻgʻirlab ketgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi M.Sh. va I.X. 2014-yilda turmush qurgan va 2023-yilning may oyiga qadar birga yashashgan. Ular birga yashagan davri mobaynida 3 nafar farzandli boʻlgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2024-yil 8-oktabr kunidagi ajrimiga koʻra, daʼvogar I.X. (bolalarning onasi)ning arizasi qanoatlantirilib, javobgar M.Sh. (bolalarning otasi) qaramogʻida boʻlgan bolalar onasining tarbiyasiga olib berilishi belgilangan. Biroq javobgar sud qarorini bajarmasdan, farzandlarini onasiga bermasdan kelgan.

2025-yilning 8-iyun kuni bolalarning togʻasi singlisining iltimosiga koʻra 2015-yilda va 2016-yilda tugʻilgan jiyanlarini Samarqand shahar Xoʻjaqishloq mahallasi hududida “Nexia-2” rusumli avtomashinaga oʻtqazib, onasi ga olib borib topshirgan.

Shundan soʻng, bolalarning otasi ariza bilan murojaat qilib, farzandlarini olib ketgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер