Samarqandda bir ayol ikki yosh bolasi bilan is gazidan zaharlanib vafot etdi

15:13 31 Oktyabr 2021 Jamiyat
1083 0

28-oktabrdan 29-oktabrga oʻtar kechasi Samarqand viloyatining Urgut tumanida bir ayol va uning ikki voyaga yetmagan farzandi is gazidan zaharlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, 29-oktabr kuni 38 yoshli ayol dugonasini koʻrgani kelgan. Uyga kirib, polda bir ayol va uch bola hushsiz yotganini koʻrdi. Shundan soʻng ular eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, ayol va uning bolalari (11 yoshli qiz va 5 yoshli oʻgʻil bola) is gazidan zaharlanib vafot etgan. Uchinchi bola (9 yoshli bola) ogʻir ahvolda viloyat tibbiyot birlashmasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?