Samarqandda “Besh tashabbus olimpiadasi”da 621 mingdan ziyod yoshlar qatnashyapti
Foto: “Xalq soʻzi”
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Joriy yil Samarqand viloyatida 796 ta mahalliy, respublika va xalqaro sport tadbiri va musobaqalarini oʻtkazish belgilangan.
Ayni paytda “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan 621 ming 461 nafar yoshlar oʻrtasida voleybol, kurash, gimnastrada, futbol va mini futbol, armrestling, stol tennisi, yengil atletika, vorkout, stritbol, shaxmat-shashka musobaqalari davom etyapti.
Bundan tashqari, viloyatda Prezidentimizning “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida shu kunlarda besh yoʻnalishda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkazilmoqda.
Unga koʻra, mart-aprel oylarida 7 yoshdan 17 yoshgacha, aprel-may oylarida 18 yoshdan 29 yoshgacha, avgust-sentyabr oylarida 30 yoshdan 49 yoshgacha, oktyabr-noyabr oylarida 50 va undan katta yoshdagi shaxslardan hamda davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ushbu sinovlardan oʻtadi.
— Ayni paytda viloyatdagi 1264 ta umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan 781 mingdan ziyod oʻquvchidan sport sinovlari olinmoqda, — deydi viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Roʻziyev. — Ishtirokchilar uzoq va qisqa masofaga yugurish, yurish, basketbol savatchasiga toʻp kiritish, uzun va qisqa masofaga sakrash, granata uloqtirish kabi shartlarda oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrmoqda. Mashqlarda yuqori natijani qoʻlga kiritgan oʻquvchilar joriy yilning may oyida Sport vazirligining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Viloyatda ommaviy sport tadbirlari sonini 1722 taga oshirish orqali 1 million 159 ming nafarga yaqin aholini sport tadbirlariga qamrab olish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring