Samarqandda bedarak yoʻqolgan fuqaroning jasadi kanaldan topildi
Illyustrativ foto
Sutka davomida 2 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi va 2 nafar bedarak yoʻqolgan shaxs topildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 26-iyul kuni soat 16:00 larda Narpay tumani Sohibkor MFYda yashovchi 36 yoshli A.T. yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan. Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida A.T.ning jasadi Paxtachi tumani Tugʻolon MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Narpay kanali”dan tan-jarohatlarsiz topilgan.
Jasad sud tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Hozirda holat yuzasidan Paxtachi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Shuningdek, shu yilning 22-iyul kuni viloyat IIB 102 raqamiga Samarqand shahar Doʻstlik MFYda yashovchi 19 yoshli Gʻ.X. 11-iyul kuni ishga ketishini aytib, yashash uyidan chiqib ketgani va shu kungacha uyiga qaytib kelmagani boʻyicha xabar kelib tushgan. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida Gʻ.X. Samarqand shahri hududidan sogʻ-salomat topilib, yashash uyiga qaytarilgan.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, qidirilayotgan Ishtixon tumani Buʼronxuja mahallasida yashovchi 1995-yilda tugʻilgan Sh.Y. Ishtixon shahri hududidan ushlangan. Shundan soʻng u Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasiga topshirilgan va Sh.Y.ga nisbatan qidiruv yigʻma jildi harakatdan toʻxtatilgan.
Kattaqoʻrgʻon shahridagi holatda esa shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi yurituvida boʻlgan, JKning 167-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblanib, qidirilayotgan 55 yoshli N.Y. Pastdargʻom tumani hududidan ushlanib, Samarqand viloyati IIBga qarashli vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring