Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati boshlandi

14:23 23 Avgust 2024 Jamiyat
267 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekistonda sport boʻyicha jahon va qitʼa chempionatlari, xalqaro turnir hamda Gran-pri musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Ana shunday musobaqalardan biri baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatidir.

Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada dunyoning 50 dan ziyod davlatidan 500 nafarga yaqin eshkak eshuvchilar noolimpiya masofalarida bellashadi.

Jahon chempionatda Olimpiya, Osiyo oʻyinlari, jahon, Yevropa hamda Osiyo chempionatlarining gʻolib va sovrindorlari ishtirok etmoqda.

Samarqandda kechayotgan dunyo birinchiligida Vatanimiz sharafini erkaklar oʻrtasidagi musobaqalarda Nurislom Toʻxtasin oʻgʻli, Artur Guliyev, Elyorjon Mamadaliyev, Vilyam Ibragimov, Shahriyor Mahkamov, Yaroslav Slavgorodskiy, Vladlen Denisov, Samandar Haydarov, Kamronbek Axtamov, Muhammadali Mirusmanov, Ozodjon Amriddinov (samarqandlik), Mirjalol Komilov, Ziyodbek Yoʻldoshaliyev, Davron Salimov, Dilmurod Shermurodovlar jahon chempionatining sovrinli oʻrinlariga daʼvogarlik qilmoqda.

Ayollar ishtirokidagi bahslarda Yekaterina Shubina, Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova, Arina Tanatmisheva, Xonzoda Erkinova, Madinabonu Ismoilova, Shohsanam Sherzodova, Dinara Joʻrayeva, Shahrizoda Mavlonovalar omadini sinovdan oʻtkazyapti.

Aytish kerakki, Samarqanddagi eshkak eshish kanali bejiz musobaqa oʻtkaziladigan joy sifatida tanlanmagan. Chunki, ushbu maskan Markaziy Osiyoda bunday turdagi yagona sport inshooti boʻlib, 2023-yilning 25-30-aprel kunlari bu yerda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер