Samarqandda ayol 7 oylik chaqalogʻini koʻchaga tashlab ketdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol 7 oylik chaqalogʻini koʻchaga tashlab ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur voqea yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olinib, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan oʻrganilgan. Dastlabki maʼlumotga koʻra, Sirdaryo viloyatida yashovchi O.J. (ayol) oʻzining 7 oylik farzandini Samarqand viloyatning Oqdaryo tumanidagi mahalla koʻchasida qoldirib, oʻzi voqea joyidan yashiringan.
Hozirda ayolning shaxsi aniqlanib, uning oʻz farzandiga nisbatan sodir etgan gʻayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berilmoqda. Bola esa tumandagi (goʻdaklar uchun) bolalar uyiga joylashtirilgan.
“Oʻzining ota-onalik vazifasini suiisteʼmol qilgan tarzda farzandiga gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik — bolaga nisbatan zoʻravonlikning shakli hisoblanadi. Ayrim fuqarolarning oʻz farzandiga nisbatan sodir etayotgan bunday harakatlari qonun doirasida javobgarlikka asos boʻladi. Har bir bola qonun va davlat himoyasidadir”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, holat boʻyicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Bu haqda qoʻshimcha tarzda maʼlumot beriladi”, deyilgan munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring