Samarqandda avtobus va yuk mashinasi oʻrtasida YTH sodir boʻldi
Samarqand YHXB
2-aprel kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida avtobus va yuk mashinasi oʻrtasida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlum qilgan.
Holat tumanning Suluvqoʻrgʻon MFY hududidan oʻtuvchi M-37avtomobil yoʻlida soat 07:00 larda yuz bergan. Unda “Yutong Bus ZK612HN” rusumli avtobus haydovchisi Samarqand-Navoiy yoʻnalishida avtoulovni boshqarib borib, oʻzidan oldinda harakatlanib yoʻlning belgilangan qismidan qayrilib olayotgan “ZIL MMZ 45021” rusumli yuk avtomobilini orqa qismidan kelib urgan.
YTH natijasida jarohatlanganlar tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazildi.
Holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring