Samarqandda 70 yoshli mast erkak 2-sinf oʻquvchisini urib yubordi

16:52 22 May 2024 Jamiyat
592 0

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyati Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli fuqaro maktab oʻquvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXXB axborot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, oʻsha kuni 2-sinfda oʻquvchi qiz maktabdan uyga qaytayotgan boʻlgan. Mahalla koʻchalarining birida uni Nexia-2 mashinasida boshqaruvni yoʻqotgan haydovchi urib yuborgan. Oqibatda qiz jarohat olib, qoʻli singan hamda operatsiya qilingan.

Surishtiruvda 70 yoshli erkak bir yil avval ham spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgani aniqlangan.

“Men endi ikkinchi marta ichmayman, mashina ham haydamayman. Men qatori yoki kattalarga ham spirtli ichimlik ichib rulda oʻtirishlarini tavsiya qilmayman”, degan haydovchi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер