Samarqandda 11-sinf qizlari “samosud” qilindi

14:15 02 Iyun 2025 Jamiyat
381 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda maktab oʻquvchilari va begona qizlar oʻrtasida yuz bergan janjal videolari tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 29-aprel kuni Pastdargʻom tumani Qoʻshquduq mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida hamda tumanning 83-sonli umumtaʼlim maktabi hududida Samarqand shahrida yashovchi 2007-yilda tugʻilgan qiz E.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, shu maktabning 11-sinf oʻquvchilarini urib tan jarohati yetkazgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda maktab direktori oʻquvchilarni ularni soʻrab kelgan zoʻravon qizlarga oʻzi topshirib qoʻygani aytilgan.

Mazkur holat boʻyicha Pastdargʻom tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan 18 yoshli fuqaro E.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер