Samarqandda 16 yigit daraxt tagida qolib vafot etdi

16:21 02 Aprel 2025 Jamiyat
157 0

Illyustrativ foto

Samarqand viloyati Payariq tumanida 16 yoshli bola daraxt bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 30-mart kuni soat 11:00 larda Payariq tuman Ichki ishlar boshqarmasiga “Ilgʻor” MFYda yashovchi 2008-yilda tugʻilgan M.B. oʻz uyida daraxt yiqitish jarayonida baxtsiz hodisa sababli ogʻir tan jarohati olib, Chelak shifoxonasiga olib kelingani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Maʼlum boʻlishicha, M.B. yashash xonadonida daraxt yiqitish jarayonida kesilgan shox tagida qolib ketgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan bola oila aʼzolari tomonidan zudlik bilan Chelak shifoxonasining jonlantirish boʻlimiga olib kelingan. Biroq u shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan oʻsha yerda vafot etgan.

M.B.ning murdasi sud-tibbiy tekshiruv oʻtkazish uchun olib ketilishi kerak boʻlgan bir vaqtda marhumning yaqin qarindoshlari faol qarshilik koʻrsatishib, mazkur holat boʻyicha biror bir kishiga daʼvolari yoʻqligini aytgan. Shundan soʻng dalolatnoma va tilxat orqali bolaning jonsiz tanasi yaqin qarindoshlariga berib yuborilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan boʻlib, IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер