Samarqand viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Aripov Tohir Toʻlqunovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 31-iyul kuni viloyat hokimligida Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov va Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev ishtirokida yigʻilish oʻtkazilgan. Unda tashkiliy masala ham koʻrilgan.
Xususan, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra, Aripov Tohir Toʻlqunovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangani maʼlum qilingan. Mazkur tayinlovga qadar Tohir Aripov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Haydarov Neʼmatilla Ibragimovich viloyat IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.
Shuningdek, yigʻilishda Ichki ishlar vaziri Samarqandda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash, “Xavfsiz mahalla”, “Xavfsiz shahar” tamoyillarini hayotga tatbiq etishda soha xodimlari oldida turgan vazifalarni belgilab bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring