Samarqand va Tel-Aviv shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi
“Air Samarkand” aviakompaniyasi Samarqand va Tel-Aviv yoʻnalishidagi ilk toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovlarini amalga oshirdi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Air Samarkand” Isroilga parvozlarni amalga oshirayotgan toʻrtinchi Oʻzbekiston aviakompaniyasiga aylangan. Maʼlumotlarga koʻra, shu bugunga qadar ushbu yoʻnalishda “Uzbekistan Airways”, “Qanot Sharq” va “Centrum Air” kompaniyalari oʻz qatnovlarini amalga oshirib kelgan.
Bugun, 5-may kuni Tel-Avivdagi “Ben-Gurion” aeroportida mazkur yoʻnalishda parvoz qilgan yoʻlovchilarni kutib olish marosimi boʻlib oʻtgan.
“Ushbu yangi aviaqatnov fuqarolarga qulaylik yaratish bilan birga, ikki mamlakat oʻrtasidagi turli yoʻnalishlardagi aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi. Samarqand endi Isroilga yanada yaqin boʻladi”, — deydi “Air Samarkand” aviakompaniyasining Isroildagi vakili Nissan Mushayev.
Maʼlumot uchun, “Air Samarkand” aviakompaniyasi mazkur yoʻnalishda qatnovlarni dastlabki bosqichda haftada bir marta – har yakshanba kunlari amalga oshirishi rejalashtirilgan. Keyinchalik, shu yilning 10-iyul sanasidan boshlab esa har payshanba kuni qoʻshimcha reys yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring