Samarqand shahrida yana 15 ta maktab oʻquvchilari onlayn oʻqitiladi

23:54 19 Aprel 2021 Jamiyat
1315 0

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatining xabariga koʻra, Samarqand shahridagi 15 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻqituvchi va oʻquvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli ushbu maktablarda bugundan boshlab 14 kunga oʻquv jarayoni masofaviy shaklda oʻtkaziladigan boʻldi. Ular 8,10, 17, 29, 31, 36, 37, 45, 46, 50, 51, 55, 65, 69 va 1-IDUMlardir.

Endilikda Samarqand shahridagi 26 ta maktabda bolalarga taʼlim berish tizimi onlayn tartibda olib boriladi. Oʻquv jarayoni masofaviy shaklga oʻtkazilgan har bir maktab binosi toʻliq dezinfeksiya qilinib, 14 kundan soʻng, yaʼni oʻqituvchi va oʻquvchilardan olinadigan tibbiy test natijalariga qarab oflayn oʻqish tizimiga oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin 12 va 14-maktab oʻquvchilari onlayn tarzda oʻqitilayotgani haqida xabar qilgan edik. Ushbu maktablarda aniqlangan bemorlar davolandi va ayni paytda muassasada taʼlim berish tizimi anʼanaviy tarzda olib borilyapti, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?