“Samarqand shahri — 2025-yil Islom dunyosi madaniy poytaxti”

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahri yana bir nufuzli tadbirga mezbonlik qildi. Buyuk ipak yoʻli xalqaro turizm markazida “Islom dunyosining maʼnaviy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, sheʼriyat va hamjihatlik” xalqaro forumi hamda “Samarqand shahri — 2025-yil Islom dunyosi madaniy poytaxti” tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Unda ICESCO tashkilotiga aʼzo dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan vakillar, xalqaro tashkilot va muassasalar masʼullari, yuqori darajadagi rasmiylar ishtirok etdi. Forumning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad Al-Malik soʻzga chiqdi.
— Prezident Shavkat Mirziyoyevning yorqin qarashi sababli Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilib, Oʻzbekiston islom madaniyatining faxri boʻldi, — dedi ICESCO bosh direktori, doktor Salom Bin Muhammad Al-Malik. — Mazkur xalqaro forum ham dunyo madaniyati vakillarini bir gʻoya va maqsad sari birlashtirdi. Hamjihatlik va ijodiy aloqalarni mustahkamladi.
Oʻzbekiston ICESCO tashkilotiga aʼzo boʻlganiga qisqa fursat boʻlishiga qaramasdan, oʻtgan davr mobaynida hamkorlikda juda katta loyihalar amalga oshirildi. Xususan, ICESCO tomonidan 2007-yilda Toshkent shahri, 2020-yilda Buxoro shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilindi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi hamda ICESCO tashkiloti bilan hamkorlikda 2021-yil sentyabr oyida Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” nomli xalqaro madaniy forum oʻtkazildi.
2023-yilning 25-27-sentyabr kunlari Doha shahrida boʻlib oʻtgan Islom dunyosi madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida 2025-yilda Samarqand shahri “Islom dunyosi madaniy poytaxti” sifatida eʼlon qilindi.
Samarqandda islom olami madaniyat vazirlari ishtirokida oʻtgan “Islom dunyosining maʼnaviy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, sheʼriyat va hamjihatlik” mavzuidagi xalqaro forumda Samarqand “Islom dunyosi madaniy poytaxti” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan ramziy bayroq va statuetka tantanali ravishda topshirildi.
Xalqaro forum doirasida Buyuk ipak yoʻli xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasida “Samarqand shahri — 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti” tadbirlarining tantanali ochilish marosimi va konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring