Samarqand davlat xizmati kelajagi haqidagi global muloqot markaziga aylanmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahrida BMTning Davlat xizmati masalalari boʻyicha forumi oʻz ishini boshladi. Ushbu nufuzli xalqaro anjuman Oʻzbekiston Respublikasida ilk bor oʻtkazilmoqda.
Forum Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika davlatlari, shuningdek, Samoa va Butan Qirolligi kabi mamlakatlarning davlat xizmati sohasiga masʼul vazirlari va davlat organlari rahbarlarini birlashtirdi. Shu bilan birga, tadbirda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ilmiy jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari, xususiy sektor va innovatsion texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar faol ishtirok etmoqda.

Forumning asosiy mavzusi sifatida: “2030-yilgacha besh yil: barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni jadallashtirish” masalasi belgilab olindi.
Tadbir ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining forum ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva tomonidan oʻqib eshittirildi.

Forumda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti Iqtisodiy rivojlanish boʻyicha bosh kotibi yordamchisi ham soʻzga chiqib, tadbir ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring