Samaradan yana mingga yaqin oʻzbekistonlik poyezdda olib kelindi

Maxsus poyezd reyslari orqali Samaradan 938 nafar oʻzbekistonlik olib kelindi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.
Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaning Samara viloyatidan olib kelish uchun Toshkent–Kinel–Toshkent temir yoʻl reysini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi.
Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan 14-sentyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 938 nafar oʻzbekistonlik bilan “Kinel” stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.
Mazkur poyezd 16-sentyabr kuni Toshkent Janubiy vokzaliga yetib kelgan. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazilgan.
Bundan bir kun avval Samara va Yekaterinburgdan 2 mingga yaqin oʻzbekistonlik, 3-sentyabr kuni esa 922 nafar oʻzbekistonlik poyezdda Samarqandga olib kelingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring