Salom qutlugʻ maktab, moʻtabar dargoh

14:09 04 Sentyabr 2024 Jamiyat
201 0

Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Bugun Xorazm viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida joriy oʻquv yilining birinchi qoʻngʻirogʻi jarangladi. 36 ming nafardan ziyod oʻgʻil-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qoʻyib, 1-sinfga qabul qilindi. Viloyat hokimi yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan Gurlan tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etdi. 1-sinf oʻquvchilariga chiroyli portfel va oʻquv qurollari toʻplamidan iborat “Prezident sovgʻasi”ni topshirdi. Ushbu maktab joriy yilda 9 mlrd 400 mln soʻm mablagʻ evaziga mukammal taʼmirlandi. Oʻquvchilarning puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Joriy yilda viloyatimizda yangi oʻquv yiliga puxta taraddud koʻrildi, deydi Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Hamro Bektemirov. — Davlat Investitsiya dasturi doirasida 25 ta maktabda jami, 203 mlrd soʻmlik yangidan qurish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari bajarilib, barcha maktablar belgilangan muddatda foydalanishga topshirildi. Qoʻshimcha oʻquv binolari qurilishi tufayli 7328 nafar oʻquvchi oʻrni yaratildi. 4 ta yangi sport zali barpo etildi.

Bundan tashqari, “Tashabbusli byudjet” doirasida 56 ta taʼlim muassasalari gʻolib boʻlib, shundan 37 tasida 66,5 mlrd. soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari, 19 tasida jihozlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasi va sharoitlarini yanada yaxshilashga Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasining tegishli dasturlari orqali 60 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Umuman, barcha moliyaviy manbalar hisobidan bajarilgan qurilish va taʼmirlash ishlari natijasida maktablarda oʻquvchi yoshlarga puxta bilim berish uchun barcha zarur shart-sharoitlar muhayyo qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер