Saylov uchastkalarida videokuzatuv olib boriladi
24 oktyabr kuni prezident saylovida ovoz berish uchun mo‘ljallangan saylov uchastkalarida onlayn videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisining o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov kommissiya yig‘ilishida maʼlum qildi.
Xorijiy tajriba va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, joriy yilning prezident saylovida har bir tuman va shahardagi 1 tadan namunaviy saylov uchastkalarida 2 tadan kameralar va zaruriy qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha tegishli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Raqamlar bilan aytadigan bo‘lsak, 207 ta tuman va shaharlarda jami 414 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilishi belgilangan. 2019 yilga nisbatan bu 147% ko‘proq degani.
Kuzatuv kameralari o‘rnatilgan saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayonlari Saylov2021.uz saylov portali, matbuot markazidagi katta hajmdagi monitorda va “O‘zbekiston24” telekanalida hamda MSK binosida onlayn translyatsiya qilib boriladi. Translyatsiya vaqti 24 oktyabr kuni soat 8:00dan 20:00gacha belgilangan.
Kameralar o‘rnatiladigan saylov uchastkalari mahalliy hokimliklar tomonidan AKT vazirligi bilan hamkorlikda tanlab olingan. Ro‘yxatga tushgan saylov uchastkalarida optik tolali internet aloqasi mavjudligiga eʼtibor berilgan.
Mazkur choralar saylovga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Kameralarni o‘rnatish va onlayn efirga uzatish bo‘yicha barcha xarajatlar “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi mutaxassislari bilan birgalikda hisob-kitoblar amalga oshirilgan va tegishli shartnoma imzolangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring