Sayxunobod tumanida investitsiya va turizm sohalaridagi islohotlar muhokama qilindi
Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Sirdaryo viloyatining xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashning doimiy komissiyalari aʼzolari va masʼul idoralar vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tumanda iqtisodiyot, investitsiya, turizm va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali roʻyobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Sayxunobod tumani “Guliston”, “Oʻrikzor” va “Farovon” mahallalarida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan ham tanishildi. Saylovchilar, yoshlar yetakchilari va masʼullar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda aholi murojaatlari hamda dolzarb muammolar koʻrib chiqildi.
Senator tumandagi yangi turizm maskanlari va yirik sanoat obyektlari faoliyati bilan ham tanishdi. Xususan, Markaziy Osiyoda un, yogʻ va ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi sanalgan “BESHEFAR GROUP” hamda parranda goʻshti mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “ABDUL RAZAK GROUP” korxonalari faoliyati oʻrganildi.
Shuningdek, mahalliy va xorijiy investorlar bilan muloqot oʻtkazilib, tumanning investitsiya salohiyati, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar va milliy brend mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring