Saida Mirziyoyeva Urgut tumanidagi suv taʼminoti muammolari bilan tanishdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatining Urgut tumaniga tashrifi chogʻida hududdagi suv taʼminoti tizimida mavjud muammolarni oʻrgandi.

Maʼlum qilinishicha, tumanda suv bilan barqaror taʼminlanmagan minglab gektar yer maydonlari mavjud. Eskirgan nasos stansiyalari sababli esa katta miqdorda suv yoʻqotishlar kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda suv tanqisligi hosildorlikni pasaytirib, eksport salohiyatini cheklab kelayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, yangi loyihalar doirasida ushbu muammolar tizimli hal etilib, 10 ming gektardan ortiq yer maydoni barqaror sugʻorishga oʻtkaziladi, nasos stansiyalari rekonstruksiya qilinadi, kichik suv omborlari quriladi, energiya tejamkor texnologiyalar joriy etiladi. Natijada suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi va eksport imkoniyatlari kengayadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring