Saida Mirziyoyeva Tatariston rahbari bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Tatariston hududlari oʻrtasidagi jadal savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilingan.


“Xalqlarimizning tarixiy yaqinligi va madaniyatlar mushtarakligiga asoslangan gumanitar aloqalarga alohida eʼtibor qaratdik. Oʻzbekistonda eng koʻp sonli tatar diasporasi istiqomat qilmoqda. Tatariston esa Rossiyada taʼlim sohasidagi asosiy hamkorlarimizdan biri hisoblanadi — bu yerda 3,5 mingdan ziyod oʻzbekistonlik yoshlar tahsil olmoqda”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Prezident administratsiyasi rahbari Tatariston Raisiga samimiy qabul va ochiq muloqot uchun minnatdorlik izhor qilib, ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlik yanada rivojlanishi va mustahkamlanib borishiga ishonch bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring