Sahro feruzasi

17:10 22 Dekabr 2022 Jamiyat
651 0

Foto: Xalq so‘zi

Fotoreportaj

 

“Sahro feruzasi” deya taʼrif beriluvchi Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi oʻziga xos tabiati, betakror flora va faunasi bilan ajralib turadi. Soha mutaxassislarning fikriga koʻra, Aydar-Arnasoy va Tuzkon koʻllari birlashgan hududida hosil boʻlgan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi kattaligi jihatidan Markaziy Osiyoda toʻrtinchi oʻrinda turadi. Ayni kunlarda nazoratchilar va Jizzax viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari ilmiy tadqiqotchilari koʻllar tizimiga tashrif buyurgan noyob qushlar galalarini oʻrganishmoqda.

— Koʻldagi suv hajmi yurtimizdagi barcha suv omborlarida toʻplangan obi hayotdan ikki barobar koʻp boʻlib, koʻllar tizimida yuzlab flora va fauna vakillari, noyob endemik turlar makon topgan, ularning ayrimlari Qizil kitobga ham kiritilgan, — deydi Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boʻlimi bosh mutaxassisi Jamshid Isroilov. — Shuning uchun koʻl nafaqat sayyohlar va tabiat shaydolari, balki izlanuvchan tadqiqotchilar hamda olimlar uchun ham jozibador makon boʻlib qolmoqda. Bu yerda tabiat ajoyibotlari va koʻchib oʻtuvchi mavsumiy qushlar haqida qimmatli ilmiy maʼlumotlar yigʻish imkoniyati katta.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?