Sadir Japarov rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi

12:42 18 Iyul 2024 Siyosat
331 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 18-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar oʻtkaziladi, ularda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Sammit yakunida qator yirik qoʻshma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?