Ruslan Nurudinov jahon rekordini oʻrnatdi, Sharofiddin Amriddinov ham oltin medalni qoʻlga kiritdi

22:47 14 Dekabr 2024 Sport
471 0

Bahraynda yakuniga yetib borayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz ishtirokini tugatdi. Yurtdoshlarimizning chiqishini Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov ajoyib natijasi bilan yakun yasab berdi.

-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz dast koʻtarish mashqida 182 kg bilan beshinchi oʻrinni band etgan boʻlsa ham, siltab koʻtarish dasturida yuksak mahorat koʻrsatib, 242 kg bilan 3-yil avval Toshkentda oʻzi oʻrnatgan jahon rekordini yangilashga erishdi. Shu tariqa, uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini hech bir atlet yangilay olmadi va Nurudinov uchinchi bor ikki kurash boʻyicha jahon chempionligiga erishdi.

Eʼtiborlisi, dast koʻtarish yoʻnalishida ham oltin medal hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinovga nasib etdi. Sharofiddin siltab koʻtarishda 212 kg bilan oltinchi, umumiy hisobda esa 396 kg bilan beshinchi boʻldi va barcha yoʻnalishlardagi oltin medallar Oʻzbekiston terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu dunyo birinchiligini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Ushbu gʻalaba oʻzbek ogʻir atletikasida Los-Anjeles-2028 olimpiya oʻyinlariga hozirlikni bugundan boshlanganligini koʻrsatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер